8 Iyul 2022 yil 79

Qarovsiz qoldirilgan pullarni o‘g‘irlagan shaxs aniqlandi.

2022 yil 5 iyul kuni, Pop tumani Yakkatut MFY Yoshlik ko‘chasi 34-uyda yashovchi, fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Ariza muallifi shu yil 28 iyun kuni soat 22:00 dan soat 23:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, Chig‘anoq mahallasida joylashgan fermer xo‘jaligining yer maydoni boshidagi yo‘l bo‘yiga velosipedini qo‘yib, qarovsiz qoldirganligidan foydalangan nomaʼlum shaxs, velosiped ruliga ilib qo‘yilgan sellofan paketda bo‘lgan 17.850.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Tuman IIB TEQKB tezkor vakillari hudud profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlandi.

Gumonlanuvchi 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro bo‘lib, undan daliliy ashyo «Redmi-9» rusumli uyali telefon, 600 AQSH dollari, 1.035.000 so‘m pul olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB TB tomonidan 2022 yil 7 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech