10 Dekabr 2022 yil 77

Avtomashinadan pul va buyumlarni o‘g‘irlagan shaxs barmoq izlari orqali aniqlandi.

2022 yil 1 dekabr kuni, Mingbuloq tumani O‘zgarish MFYda yashovchi shaxs avtomashinasini qarovsiz qoldirishi oqibatida uning ichidagi buyumlar va pul mablag‘ini o‘g‘irlab ketilganligini bildirib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tekshiruv ishlarida Damas avtomashinasi chap tomon old eshigini kalit tanlash yo‘li bilan ochilgan va ichida bo‘lgan 3.000.000 so‘m pul hamda narxi 300.000 so‘mlik videoregistrator o‘g‘irlab ketilganligi maʼlum bo‘ldi.

Mingbuloq tuman IIB EKB katta eksperti tomonidan voqea joyini ko‘zdan kechirish davomida, olingan 9 dona qo‘l barmoq izlari viloyat IIB EKBda mavjud bo‘lgan shaxsni identifikatsiya qilish tizimida tekshirilganida, ushbu qo‘l barmoq izlaridan 1 donasi, To‘raqo‘rg‘on tumani Kalvak mahallasida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaroning o‘ng qo‘l nomsiz barmog‘iga mos kelganligi aniqlandi. Tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsdan daliliy ashyo olingan. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech