12 May 2022 yil 38

Firibgarning rejasi amalga oshmadi.

2022 yil 7 may kuni Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi fuqaro viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilib, o‘zini shahar yer resursida ishlashini aytgan shaxs, Namangan shahar Yangi Namangan tumani Mehnatobod MFY hududidagi bo‘sh yerni hujjatlarini bir oy muddatda rasmiylashtirib berishini aytib, buning evaziga 3.600 AQSh dollarini talab qilayotganligini ma'lum qilgan va qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur ariza yuzasidan shu kuni viloyat IIB JQB KIJQKB tezkor vakillari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Namangan shahar Davlatobod tumani Elabod mahallasida arizada nomi keltirilgan shaxs fuqarodan 3.600 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ushlangan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech