11 Yanvar 2023 yil 72

RASMIY MUNOSABAT

Effect.uz saytida yoritilgan holat yuzasidan jinoyat ishi hujjatlari o‘rganilganda, Sh.Odiljonov, fuqaro I.Y., voyaga yetmagan S.Q.ni jinoiy xatti-harakatlar qilishga jalb qilib, 2022 yil 2 may kuni soat 01:30 larda Namangan shahar, Xalqlar do‘stligi MFYda yashovchi fuqaro M.S.ning ishonchiga kirib, unga tegishli bo‘lgan, “Samsung A20» rusumli telefon apparatini aldab olishga erishib, fuqaro ularga telefonni qaytarishlarini bir necha marotaba aytganligiga qaramasdan, telefonni qaytarib bermasdan, uni boshqa bir fuqaro A.I.ga 800.000 so‘m evaziga sotib, pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Sh.Odiljonovning harakatlari voyaga yetmagan S.Q.ni jinoiy xatti-harakatlar qilishga jalb etish, bir guruh bo‘lib, o‘zganing mol-mulkini aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish, yaʼni O‘zbekiston Respublikasi JKning 127-moddasi 3-qismi hamda 168-moddasini 2-qismi “b” bandi bilan malakalangan.

Mazkur jinoyat ish 26 sentyabr kuni JIB Chortoq tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, Sh.Odiljonov O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasini 2-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilib, 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv hamda tibbiy ko‘riklar Sh.Odiljonovning «IIB xodimlari qiynoqqa solganligi» haqidagi vajlari haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ko‘rsatgan.

Ommaviy axborot vositalaridan axborot tarqatishda xolislikka qatʼiy rioya qilishlarini so‘rab qolamiz.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech