7 May 2022 yil 507

9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Namangan viloyati IIB raxbarlari soha faxriylari va xizmat vaqtida xalok bo‘lgan xodimlarning xonadonlariga tashrif buyurishdi.

9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik T.Mamatkulov, Namangan viloyati IIB boshlig‘ining maslahatchisi isteʼfodagi polkovnik R.Abbasov hamda Namangan shahar bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik G‘.G‘aniyevlar tomonidan Namangan viloyati hududida Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chog‘ida vafot etgan Toshboyev Marat Xodjiyevichni yashash xonadoniga tashrif buyurilib, oila aʼzolari holidan xabar olindi. Shu bilan birga front ortida xizmat qilgan Ichki ishlar organlari faxriysi Jo‘rayev Maxmudjon otaning holidan xabar olinib, Namangan viloyati IIB boshlig‘ining bayram tabriknomasi yetkazildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech