16 Sentyabr 2022 yil 480

Ayanchli avtohalokat keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi.

Joriy yilning 10 sentyabr kuni soat 22:46 larda “Toshkent-O‘sh” xalqaro Avtomobil yo‘li 247-kilometrining "Qamchiq" dovoni qismida Farg‘ona vodiysi tomon harakatlanayotgan “Isuzu” rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, bir nechta avtomobillar ishtirokida YTH sodir etgan. To‘qnashuv natijasida ayrim avtomobillar yonib ketgan. Hodisa oqibatida voqea joyida 3 kishi, shifoxonada 1 kishi halok bo‘lgan, 5-7 kishi jarohatlangan va ularga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ushbu hodisa yuzasidan Namangan viloyati IIB JXX boshlig‘i va YHXB masʼul xodimlari tomonidan Pop tuman aholisi, yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi transport tashkilotlari, Xalq taʼlimi boshqarmasi, yo‘l qurilish tashkiloti MFY faollarini jalb etgan holda muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda sodir bo‘lgan ayanchli avtohalokatga sabab bo‘lgan omillar va uning og‘ir oqibati haqida batafsil maʼlumotlar berilib, haydovchining qisqa muddat hushyorlikni yo‘qotishi ko‘plab insonlarga jabr yetkazgani taʼkidlandi. Kelgusida viloyat hududida inson o‘limi bilan bog‘liq hodisalarni oldini olish uchun chora-tadbirlar belgilanib, barcha tashkilot va muassasa vakillari YTHlarni oldini olishda YPX inspektorlari bilan hamkorlikni yana-da kuchaytirishi lozimligi, targ‘ibot tadbirlarini muntazam o‘tkazib borish kerakligi tushuntirildi. Yig‘ilish so‘ngida avtohalokatlarning ayanchli oqibatini o‘zida aks ettirgan videorolik yig‘ilganlar eʼtiboriga havola etilib, barchani yana bir bor hushyorligi oshirildi. Joylarda avtohalokatlarni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech