11 Aprel 2021 yil 431

E ' L O N!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 iyundagi “Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 459-son qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2018 yil 20 oktyabrdagi “Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish uchun tanlovlar o‘tkazish va ularning hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 286-sonli buyrug‘i talablariga asosan, joriy yilning 15 aprel' kunidan boshlab, Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga umumta'lim muassasalarida 4-sinfni tamomlagan o‘g‘il bola nomzodlarning ota-onalaridan (yoki o‘rnini bosuvchi shaxs, chin yetim farzandlarining qonuniy vasiylaridan hamda ichki ishlar organlari xodimlaridan) arizalar (bildirgilar) qabul qilinishi boshlanganligini ma'lum qilamiz.
Ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga farzandlarini o‘qitish istagini bildirgan ichki ishlar organlari xodimlari va fuqarolar (yoki o‘rnini bosuvchi shaxs, chin yetim farzandlarining qonuniy vasiylari) yashash joyi bo‘yicha hududiy ichki ishlar organlarining kadrlar bo‘linmalariga belgilangan shakldagi ariza bilan murojaat qilishliklari mumkinligi tushuntiriladi. Arizalarni 1 iyun' kuniga qadar qabul qilinadi.

Namangan viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi Kasbiy tayyorgarlikni tashkillashtirish bo‘limi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech