30 Dekabr 2021 yil 413

Harbiy qismda yangi yil bayrami o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha qo‘shinlariga qarashli Namangan shahridagi 7254-sonli harbiy qismda harbiy xizmatchilarining farzandlari va ushbu harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar uchun yangi yil bayrami tashkil etildi. Bayram tadbirida qism komandiri podpolkovnik U.Sh.Mamadjanov so‘zga chiqib barcha shaxsiy tarkibni bayram bilan tabrikladi. Shundan so‘ng, harbiy qismda kontrakt bo‘yicha xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning farzandlariga bayram sovg‘alari topshirildi. Tadbirda namoyish etilgan she'r qo‘shiqlar hamda muddatli askarlar tomonidan qilingan saxna ko‘rinishlari bayramni yanada zavqli o‘tishini ta'minladi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech