21 Dekabr 2022 yil 505

IIVning ko‘rsatmasiga muvofiq, Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda uning barcha hududiy bo‘linmalari shaxsiy tarkibi bilan saf ko‘rigi va saf tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul post xizmati batalyoni saf maydonida o‘tkazilgan saf ko‘rigida, xodimlarning xizmat kiyimini kiyib yurish tartibi, tashqi ko‘rinishi, farqlovchi belgilari, xizmat guvohnomasi hamda hamda boshqa maxsus vositalari tekshirildi.

Tekshiruv davomida aniqlangan kamchiliklar o‘z o‘rnida bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Shuningdek, saf ko‘rigi davomida Kasbiy tayyorgarlik bo‘limi tomonidan shaxsiy tarkib bilan saf tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazilib, yakunida xizmat jarayonida formali kiyim-bosh hamda formali kiyim-bosh sirasiga kirmaydigan kiyimlarni kiyib yurish qoidalariga qatʼiy amal qilish yuzasidan ogohlantiruv ishlari olib borildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech