14 Mart 2023 yil 447

"Mahallabay ishlash" (Kvadrat) tizimiga biriktirilgan xodimlar MFY raislariga tanishtirildi.

Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining 2022 yil 12 iyuldagi “2022-2026 yillar davomida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarori ijrosini taʼminlash hamda joriy yilning 16 yanvar kuni Ichki ishlar vazirligining “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va o‘lim holatlarini kamaytirish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida” gi farmoyishiga ko‘ra Respublikamizning barcha viloyatlarida yo‘l-transport hodisalarining barvaqt oldini olish, yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash va qoidabuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha “mahallabay” ishlash tizimi joriy etilgan edi.

Namangan viloyati IIB JXX YHXB tashabbusi bilan boshqarma boshlig‘i va Namangan tuman hokimi tomonidan tumandagi mahalla raislari va faollarini jalb etgan holda “mahallabay” ishlash tizimi va ushbu mexanizmni samarali tashkil etish mavzusida yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilishda ushbu tizimning joriy etilishi mahallalarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avtohalokatlar va avtomashina bilan bog‘liq jinoyatlarni barvaqt oldini olishda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Shuningdek, “Kvadrat”larga biriktirilgan xodimlar yig‘ilganlarga tanishtirilib, ular bilan muntazam hamkorlikda ish tashkil etish kelgusida o‘z samarasini berishi aytib o‘tildi. Joylarda “mahallabay” ishlash tizimi borasida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini keng qamrovda davom ettirilmoqda.

Text to speech