22 Sentyabr 2022 yil 446

MASʼULIYATINI UNUTGAN OTALARGA CHORA KO‘RILDI

Majburiy ijro byurosi Kosonsoy tuman bo‘limi binosida bo‘lib o‘tgan sayyor sud davomida 5 nafar qarzdorga aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagani uchun turli muddatlarga maʼmuriy qamoq jazosi qo‘llanildi. Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudining qaroriga ko‘ra qarzdor M. X dan undiruvchi M. sh foydasiga bir nafar farzandi uchun har oyda aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning Kosonsoy tuman bo‘limi ish yurituviga olingan va harakatlar olib borilgan. Yaʼni, qarzdor farzandi moddiy taʼminoti uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab borishligi tushuntirilgan. Biroq, masʼuliyatni unutgan ota bunga panja orasidan qarab to‘lamay keladi. Natijada qarzdorlik 32.420.078 so‘mga yetadi. Bu bo‘yicha to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Kosonsoy tuman sudiga yuboriladi. O‘tkazilgan sayyor sud davomida taraflarning fikrlari eshitilib, yakuniy qaror eʼlon qilindi. Qarzdor otaga nisbatan 15 sutkalik maʼmuriy qamoq belgilandi.

Text to speech