20 May 2022 yil 418

Mulkiy turdagi o‘g‘irlik jinoyatini oldini olish zarbdor oyligi doirasida.

“Qizil” hududga kiritilgan mahallalarda jinoyatlar salmog‘ini kamaytirishga qaratilgan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar davom ettirilib, bugun 2022 yil 19 may kuni, Shahar IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik G‘.A.G‘aniyev tomonidan Namangan shahar “G‘ishtko‘prik” mahallasida jinoyatlarning kelib chiqish sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida o‘rganish olib borildi.

O‘rganishlar davomida, mahallada sodir etilgan jinoyatlarning asosiy qismi Uychi ko‘chasida joylashgan yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarda joylashgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchalari va ularning atroflarida sodir etilganligi aniqlanib, kelgusida jinoyatlarni oldini olish maqsadida, Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi masʼul xodimlari bilan hamkorlikda Uychi ko‘chasida joylashgan savdo shahobchalari va ko‘p qavatli uylarga kuzatuv kameralari o‘rnatish hamda qo‘riqlash pultiga ulash bo‘yicha tadbirkorlar bilan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech