17 May 2023 yil 604

Namangan viloyat IIB boshlig‘i tomonidan Davlatobod tumanida “Umid” va “Furqat” MFY aholisi orasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Unda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, Namangan shahar va Davlatobod tumani IIB boshliqlari, mahalla beshligi va boshqa mas'ullar ishtirok etishdi. Dastlab, “Umid” MFYda sodir etilgan og‘ir turdagi jinoyat va uning kelib chiqish omillari haqida ma'lumot berildi. Boshqarma boshlig‘i ushbu jinoyatning salbiy oqibatlariga to‘xtalib, mas'ullarning faoliyatini tanqidiy baholadi.

Kelgusida mahallani namunali hududlar safiga kiritish uchun mahalla beshligiga tegishli topshiriqlar berdi. Yig‘ilish so‘nggida har bir oila, har bir fuqaro bilan individual ishlash, ularning yashash sharoitidan muntazam xabardor bo‘lish, ishsiz aholini doimiy bandligini ta'minlash borasida o‘z takliflarini berib, fuqarolarning murojaatiga befarq qaramaslik jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishda muhim ahamiyatga egaligini alohida ta'kidladi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech