30 Aprel 2022 yil 487

Namangan viloyati IIB jamoasi “Zakovat” tanlovining hududiy bosqichida birinchi o‘rinni egallab Respublika bosqichiga yo‘l oldi.

Aynan bugungi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida yoshlarga juda katta eʼtibor qaratilmoqda, bu borada ichki ishlar organlarida ham yosh xodimlarni Ona Vatanga sadoqat va yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yana-da oshirish, professional xodim sifatida shakllantirishda keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi, Namangan davlat universiteti, Namangan viloyati Zakovat nodavlat notijorat tashkiloti xodimlari, bilan hamkorlikda, Namangan shahridagi “Royal” restoranida navbatdagi “Zakovat” tanlovining mintaqaviy bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlaridan bir nafardan jamoalar ishtirok etdi.

Tanlov shartlari yakuniga ko‘ra, 3-o‘rinni Andijon viloyati IIB jamoasi, 2-o‘rinni Farg‘ona IIB jamoasi eng yuqori ball bilan 1-o‘rinni Namangan viloyati IIB jamoasi egallab respublika bosqichiga yo‘llanma oldilar.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech