5 May 2022 yil 163

Namangan viloyati IIB boshlig‘i va Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqilib yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan qatʼiy choralar belgilandi. Viloyat hududida yo‘l transport hodisalarini oldini olish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, svetoforlar va yo‘l belgilarini o‘rnatish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berildi. Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, ularga sharoit yaratish, avtomaktablarda o‘qitish sifatini nazorat qilish borasida belgilab berilgan vazifalarni bajarishda sustkashliklarga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi taʼkidlandi.

Yo‘l patrul xizmati inspektorlarining xizmat o‘tash jarayonlarida fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lishlari, xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilgan holda faoliyat olib borishlari soha imijiga ijobiy tasir ko‘rsatadi. Mana shu jihatlarni inobatga olgan holda inspektorlarga tushuntirish va ko‘rsatmalar berildi. O‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondashgan, safdoshlariga namuna bo‘lib, jinoyatchilikka qarshi kurashda jonbozlik ko‘rsatgan ikki nafar xodim boshqarma boshlig‘ining buyrug‘i bilan mukofotlandi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech