13 May 2022 yil 367

Namangan viloyati IIBga biriktirilgan Kosonsoy tumanidagi Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 45-sonli maxsus maktab-internati o‘quvchilari o‘rtasida “Matonat” sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvlariga start berildi.

Musobaqaning ochilish marosimida Namangan viloyati IIB xodimlari va tuman hokimligi vakillari qatnashib, o‘quvchilarga bellashuvlardagi ishtiroklari davomida muvaffaqiyat tilashdi. Musobaqalarning tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsad mazkur taʼlimi muassasasidagi yoshlarni qo‘llab quvvatlash, ularga yangi imkoniyatlar yaratish va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda bu kabi tanlovlar masshtabini yana-da kengaytirish haqida to‘xtalib o‘tildi.

Shundan so‘ng shaxmat-shashka, kurash, yengil atletika va boshqa bir qator sport turlari, kitobxonlik bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqalarining yakuni, g‘olib va sovrindorlar haqida navbatdagi xabarlarimiz orqali maʼlumot beramiz.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech