4 Yanvar 2023 yil 75

Namangan viloyati IIB JXX HPB VEMB xodimlari va hududiy ichki ishlar bo‘limlaridagi inspektor psixologlar tomonidan maktab o‘quvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Asosiy eʼtibor ota-onalari qaramog‘ida bo‘lgan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularda kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otish va yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib chilishga qaratilmoqda. Ota-onalarga ham bu borada tavsiyalar berilib, farzandlarini nazoratsiz qoldirmaslik borasida tushuntirilmoqda. Shuningdek tuman va viloyat markazidagi kutubxonalar hamda muzeylarga sayohatlar tashkil etilib, bolalarning dunyoqarashini kengaytirish bo‘yicha tadbirlar tashkil etilmoqda.

Shuningdek uchrashuvlarda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida profilaktik suxbatlar o‘tkazilmoqda.

Namangan viloyati IIB axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech