22 Sentyabr 2022 yil 493

Nurli maskanda besh tashabbus

So‘nggi yillarda mamlakatimizda «Inson qadri uchun» tamoyili asosida nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirilmoqda.

Xususan, ko‘zi ojiz va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Joriy yilning 20 sentyabr kuni Kosonsoy tumanidagi 45-sonli maxsus ixtisoslashtirilgan maktab internati - Nurli maskanda muhim besh tashabbus doirasida “Sport – tinchlik elchisi” shiori ostida sport musobaqalari hamda madaniy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Namangan viloyati IIB, Kosonsoy tuman IIB hamda Kosonsoy tuman hokimligi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Kosonsoy tumani bo‘linmasi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, Yoshlar ittifoqi tuman bӯlimi vakillari ishtirok etib, g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirdilar.

Namangan viloyati IIB Axboroti xizmati

Text to speech