5 Dekabr 2022 yil 559

Hamkorlikning huquqiy jihatlari muhokama qilindi

Joriy yilning 30-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakillari bilan Birlashgan Arab Amirliklari Ichki ishlar vazirligi vakillari oʻrtasida onlayn shaklda uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda huquqni muhofaza qilish yoʻnalishida oʻzaro hamkorlik aloqalarining holati va istiqbollari, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalalari muhokama qilindi.

Oʻzaro doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuv yakunida tomonlar istiqbolda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Text to speech