20 May 2022 yil 687

Psixologlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Namangan viloyat IIB, Milliy gvardiya, Xalq taʼlimi, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim boshqarmalari va Namangan davlat universiteti psixologlari “Zakovat” intellektual o‘yinida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskanida tashkil etilgan bellashuvda ishtirokchilarga adabiyot, mantiq, tarix, psixologiya fani yo‘nalishlarida savollar berildi. Zukkolik, tezkorlik, yuqori bilim va salohiyat talab etgan intellektual o‘yin g‘oliblik uchun murosasiz bahslarga boy kechdi.

Jamoalarning hozirjavobligi, izlanuvchanligi ularning yuksak salohiyatlaridan darakdir. Biroq, har bir kurash o‘zining g‘olib va mag‘lubiga ega. Qizg‘in kechgan o‘yinning yakuniy natijalariga ko‘ra 3-o‘rinni Oliy va o‘rta maxsus taʼlim boshqarmasi, 2-o‘rinni Xalq taʼlimi boshqarmasi, faxrli birinchi o‘rinni esa viloyat IIB jamoasi qo‘lga kiritdilar.

Bu kabi tadbirlar, uchrashuvlarning muntazam o‘tkazib borilishi turli sohalarda faoliyat yurituvchi psixologlarning bilim darajasini yuksaltirish barobarida ularning o‘zaro tajriba almashishlariga ham ko‘mak beradi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech