28 Iyul 2021 yil 3148

Rasmiy munosabat: Gumondorlar Toshkent shahridan ushlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Norin daryosidan topilgan jasadning o‘limiga kaltaklanishi sababmi yoki 58 minutda yetib kelgan tez yordam mashinasimi” izohi bilan tarqalgan videoxabar yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabati.

Joriy yilning 27 iyul' kuni soat 05:50 larda 102 qisqa raqamiga Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi B.N. qo‘ng‘iroq qilib, shu tumanda yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan A.S. jiyanini noma'lum shaxslar tomonidan qasddan o‘ldirilib, tumandagi Eshonto‘pi MFY xududidan oqib  o‘tuvchi, “Norin” daryosi qirg‘og‘iga tashlab ketilganligi va uning boshqaruvida bo‘lgan “Spark” rusumli avtomashinasini olib qochib ketilganini ma'lum qilib, noma'lum shaxslarni topishda hamda ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishda yordam so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan 2021 yil 27 iyul' kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “i” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 2021 yil 26 iyul' kuni soat taxminan 18:30larda Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1962 yilda tug‘ilgan N.M. turmush o‘rtog‘i N.G. bilan birgalikda tomorqa yeriga ekilgan mosh va sholi ekinlaridan xabar olib kelish uchun, ketayotgan vaqtida “Norin” daryosi dambasida oq rangli “Spark” rusumli avtomashinasining chap oldi eshigi oldida yoshi taxminan 20-25 yoshlardagi noma'lum shaxs turganligini, daryo bo‘yiga esa ikki nafar shaxs tushib ketganligini ko‘rganliklari aniqlangan.

     Shuningdek tezkor qidiruv tadbirlari natijasida shu kuni soat 22:36da jabrlanuvchi A.S. boshqaruvida bo‘lgan “Spark” rusumli avtomashinaning old chap tomon baloni havo qo‘yib yuborganligi sababli, 2 nafar noma'lum shaxslar Mingbuloq tumani, Gulbog‘ MFY xududida joylashgan do‘kon oldida qoldirib, o‘zlari noma'lum tomonga qarab ketganliklari shu yerdagi mavjud kuzatuv kamerasiga qayd etilganligi aniqlangan.

     Avtomashinani ko‘zdan kechirish davomida 18 dona yaroqli qo‘l barmoq izlari aniqlandi. Kuzatuv kameralaridan olingan tasvirlar yordamida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs Uchqo‘rg‘on tumanida, uning sherigi esa Andijon  viloyatida yashashi ma'lum bo‘ldi. Gumondorlar Toshkent shahar xududidan ushlangan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech