5 May 2023 yil 522

Sportning voleybol turi bo‘yicha "Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi"ning Davlatobod tuman bosqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son farmoniga muvofiq, uyushmagan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda jismoniy faolligi darajasini oshirish maqsadida sportning voleybol turi bo‘yicha "Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi"ning Davlatobod tuman bosqichi o‘tkazildi.

Qizg‘in va ko‘tarinki ruhda kechgan bellashuvlar yakunida Yangi tong mahallasi yoshlari faxrli 1-o‘rinni egallab keyingi bosqichiga yo‘llanma olgan bo‘lsa, 2-o‘rinni Mustaqillik mahallasi yoshlari, 3-o‘rinni Xalqlar Do‘stligi mahallasi yoshlari egalladilar.

Tadbir so‘ngida Davlatobod tuman IIB boshlig‘i hamda tuman prokurori musobaqada faol ishtiroklari uchun barcha yoshlarga minnatdorchilik bildirib, g‘olib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech