6 Dekabr 2022 yil 137

Temir yo‘l bekati oralig‘ida pirotexnika vositalari muomalasi bilan shug'ullanayotgan shaxs ushlandi.

Namangan viloyati Transportda Xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasini oldini olish maqsadida joylarda reyd tadbirlari olib borilmoqda. Tadbirlar natijasida Namangan-Chortoq bekatlari oralig‘ining 95-kilometrida 2006 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan A. N.to‘xtatilib qo‘lidagi polietilen paketi tekshirilganida, yonidan 47 qutidagi "Новий век" nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

TXTB xodimlari tomonidan ushbu voyaga yetmagan shaxs va uning ota-onasi bilan profilaktik suhbat olib borilib, tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rildi.

Namangan viloyati IIB axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech