7 Dekabr 2022 yil 317

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida Konstitutsiya va Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir oʻtkazildi. Unda Ichki ishlar vazirligining rahbariyati, shaxsiy tarkibi va faxriylar ishtirok etdilar

Tadbirga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining tantanali olib kirilganidan soʻng, Davlat madhiyasi jarangladi.

Rasmiy marosimlardan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov kirish soʻzi bilan chiqib, mamlakatimizda har bir fuqaroning qonuniy haq-huquqlari bosh qomusimiz hisoblangan – Konstitutsiyada mustahkam belgilab berilganligini, yurtimizda barcha islohotlar “Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyil asosida amalga oshirilayotganligini eʼtirof etdi.

Davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizda olib borilayotgan tub oʻzgarishlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida bosqichma-bosqich oʻtkazilayotgan islohotlar aynan Bosh qomusimizning asosiy prinsip va qoidalari negizida amalga oshirilmoqda.

Oʻtgan davrda jamiyatimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy manzarasi butunlay oʻzgarib, erkinlik va ochiqlik, qonun ustuvorligi, jahon hamjamiyati bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik davlatimiz siyosatining asosiy yoʻnalishiga aylandi.

Bu esa, xalqimizning ertangi kunga boʻlgan ishonchi ortishiga, turmush tarzining yaxshilanishiga, har bir hududda tinchlik-osoyishtalikning taʼminlashiga xizmat qilmoqda.

Konstitutsiya kuni munosabati bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni taʼsis etilib, bugun mazkur mukofot bilan har bir soha vakillari kabi 1 ming 250 nafar ichki ishlar organlari xodimlari hamda faxriylari ham taqdirlandi.

Tadbir koʻtarinki ruhda oʻtkazilib, shaxsiy tarkib va soha faxriylarining eʼtirofiga sazovor boʻldi.

Text to speech