16 May 2022 yil 58

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi rahbarligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyatida o‘tkazilayotgan sayyor qabullar Chust tumanida davom etdi.

Bugun Chust tumani hududida joylashgan “Bibiona” ziyoratgohi hovlisida Chust, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on, Pop, Mingbuloq tumanlari aholisi uchun qabullar bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general mayor B.Mirzaraximov, vazirlik huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.Jalolov, Namangan viloyati Ichki boshqarmasi rahbariyati ham ishtirok etdi. Qabulga tashrif buyuruvchilarning Ichki ishlar organlari bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlari ro‘yxatdan o‘tkazildi va tegishli tartibda yo‘naltirildi. Fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, mavjud muammolarni joyida yoki belgilangan muddatda hal qilish bo‘yicha ijrosi masʼullarga yuklatildi.

Shuningdek sayyor qabul davomida birinchi marta fuqarolik pasporti olayotgan yoshlarga Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari tomonidan fuqarolik ID kartalari topshirildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech