6 May 2023 yil 537

Viloyat 3-sektor rahbarining sayyor qabuli o‘tkazildi

Namangan viloyati IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan «Ququmboy» mahallasida joylashgan madaniyat markazi binosida Kosonsoy tumani aholisining yashash va turmush sharoitlari, ijtimoiy ahvolini o‘rganish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

O‘tkazilgan sayyor qabul davomida jami 40 nafar fuqarolar ishtirok etib, ularning turli xil masalalardagi 24 ta murojaatlari qabul qilindi.

Murojaatlar sog‘lig‘ini tiklash, mahallaga tayanch beton o‘rnatish, ichimlik suvi tarmog‘ini tortish, taʼlim, bir martalik moddiy yordam, mahalla ichki yo‘llarini asfalt qilish, kredit olishda amaliy yordam, nafaqa, bandlik kabi masalalarida kelib tushdi.

Murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab etiladigan murojaatlar masʼullarga biriktirilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Boshqarma boshlig‘i tomonidan joylarda aholi murojaatlarini o‘rganish va ularga ijobiy yechim topish borasidagi amaliy ishlar davom etmoqda.

Text to speech