23 Iyul 2022 yil 442

Xonadondan pul va buyumlarni o‘g‘irlagan shaxs ekspert kriminalistik tekshiruvlar orqali aniqlandi.

2022 yil 18 iyul kuni Mingbuloq tumani Chordona MFYda yashovchi, uy bekasi, ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 01:00 larda nomaʼlum shaxs, yashash hovlisiga devor o‘ralmagan joyidan kirib, yashash uyi ayvonidagi sumkasida bo‘lgan 3.000.000 so‘m pullari va narxi 1.200.000 so‘mlik “Samsung Gallaxy A-01” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Mingbuloq tuman IIB katta eksperti tomonidan voqea joyidan olingan qo‘l barmoq izlarini viloyat IIB EKB shaxsni identifikatsiya qilish tizimida tekshirildi. Aniqlangan natijaga ko‘ra, ushbu qo‘l barmoq izlari, Mingbuloq tumani Chordona MFY yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaroning qo‘l barmoq izlariga mos kelganligi aniqlangan. Tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsdan aniqlangan. Daliliy ashyo (“Samsung Gallaxy A-01” rusumli uyali telefon apparati) olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech